Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning yetakchi internet qidiruv tizimi o‘z bankini ochadi
Xitoyning yetakchi internet qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Baidu kompaniyasi mamlakat rahbariyatidan Pekinda o‘zining onlayn-bankini ochishga ruxsat oldi. Bu haqda IBS Intelligence portali xabar bermoqda.
Yangi bank Baixin Bank deb ataladi. Bankning yaratilishida Xitoyning China CITIC Bank banki ham ishtirok etmoqda. Bu xizmat qachon ishga tushirilishi ma'lum qilinmagan.
Yangi bank ko‘rsatadigan xizmatlar ichida jismoniy shaxslar va kichik biznesga kredit berish, investitsion mahsulotlarni sotish kabilar bo‘ladi. China CITIC Bank raisi Li Tsinpinning aytishicha, yangi bank bozorda odamlarga aktivlarini boshqarishda yordam beruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.
2015 yilda Xitoyning yana bir internet giganti Alibaba Group o‘zining mobil banki Mybank’ni ishga tushirgandi. Shu yili Xitoyning internet-provayderi Tencent ham Webank deb nomlangan shunday xizmatni yaratgandi.
Baidu Xitoyda eng ommaviy qidiruv tizimi hisoblanadi. U qayta ishlanuvchi so‘rovlar miqdori bo‘yicha Google’dan keyin dunyoda 2-o‘rinda turadi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026