19:39 / 07.01.2017
6547

Honda muvozanatni ushlab turishga imkon beruvchi antiqa texnologiyani taqdim qildi

Velosiped yoki mototsiklda yurishni xush ko‘ruvchi har bir odam katta tezlikda transport vositalari o‘z muvozanatlarini mustaqil ushlab turishga qodir bo‘lishlarini, biroq transport sekinlashishi bilan muvozanatni ushlab qolish borgan sari qiyinlashib borishini biladilar. Biroq buni ikki g‘ildirakli transport vositasiga hattoki bir joyda turgan holida muvozanatini saqlashga imkon beradigan Riding Assist texnologiyasi bilan jihozlangan Honda mototsikliga nisbatan aytib bo‘lmaydi.

Honda Riding Assist texnologiyasi Honda’ning ASIMO roboti va UNI-CUB monosikliga muvozanatni saqlashga yordam beruvchi algoritmga asoslangan va muvozanatni saqlash uchun an'anaviy giroskoplardan foydalanmaydi, chunki ular transport vositasiga ortiqcha vazn beradi. Honda’ning tajribaviy mototsikli 3 km/soatdan kamroq tezlik bilan mustaqil harakatlana oladi. Mashina muvozanatni ushlash uchun o‘z vazni, mototsiklni avtomatik ravishda pastlatuvchi aqlli old podveska, mototsiklni unda odam bor-yo‘qligidan qat'iy nazar joyida mahkam ushlab turuvchi va turli tomonlarga avtomatik ravishda buriluvchi old g‘ildirakdan foydalanadi.

Honda yangi texnologiya bo‘lg‘usi mototsikllarida qo‘llanishi borasida hech narsa ma'lum qilmagan. Biroq bunday texnologiyalarning namoyish qilinishi kompaniya nima uchun ASIOMO va UNI-CUB kabi loyihalarga katta pul sarflashini tushunishga yordam beradi. Bu loyihalar ertami-kechmi iste'molchilik mahsulotlarida qo‘llanadigan yangi va noyob texnologiyalarni yaratishga imkon beradi.

Mavzuga oid
Top