Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi kuchli sovuq harorat natijasida 62 kishi jabrlandi
Moskvadagi favqulodda sovuq harorat natijasida 62 nafar kishi jabrlandi. Bu haqida 7 yanvar, shanba kuni poytaxtdagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Bosh boshqarmasining matbuot xizmatida xabariga asoslanib, Regnum nashri ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 6 yanvar kuni termometr 25 daraja ko‘rsatkichdan pastlagan. Buning natijasida 48 kishi, shu jumladan 4 nafar bolaning oyoqlari muzlab qolgan. Jabrlanganlar orasida yuzi muzlab qolgan 5 oyilik go‘dak ham bo‘lgan.
Bundan tashqari, 8 nafar kishi muzlash natijasida olgan turli tan jarohatlari bilan tibbiy muassasalarga joylashtirilgan. Moskvada 6 kishi muz ustiga yiqilib, jarohat olishi natijasida shifoxonaga yetkazilgan.
Bundan avval Moskvadagi Rojdestvo kechasida so‘nggi 120 yil ichidagi eng sovuq harorat (-29,8 daraja) qayd etilgani haqida xabar berilgandi.
RF Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, Moskva shahrida kuchli sovuq natijasida xavfning olovrang darajasi e'lon qilingan. Markaziy federal okrugidagi boshqa hududlarda xavfning sariq darajasi qayd etilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Moskva va Podmoskoveda 29 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
10:20 / 08.07.2026
Past xavf toifasidagi nodavlat ta’lim muassasalari tekshirilmaydi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026