Sport | 14:21 / 08.01.2017
4155
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Fransiyada jamoalardan biri Kubokdagi g‘alabani murabbiyning sochini olish bilan nishonladi

Fransiya Kubogining 1/32 finalida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqqan «Avransh» jamoasi futbolchilari murabbiyning sochini irokezcha turmaklashdi.

«Avransh» – Fransiyaning uchinchi ligasida ishtirok etadi. Jamoa  «Laval» jamoasiga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limda 0:1 hisobida ortda bora turib ikkinchi bo‘limda 3 gol urgan va qatorasiga ikkinchi yil Fransiya Kubogining 1/16 finaliga yo‘l olgan. 

O‘yindan keyin futbolchilar kiyim almashtirish xonasida avvaldan va'dalashuv bo‘yicha bosh murabbiy  Damen Ottaning sochini olishgan va mahalliy telekanalga intervyu berishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish