2016 yilda shaxmatchilarimiz 67ta medalni ko‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy matbuot markazida mamlakatimiz shaxmat federatsiyasining 2016 yil yakunlari va 2017 yildagi vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Anjumanda mamlakatimizda navqiron avlodni jismonan sog‘lom, ma'nan yetuk, yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga yetkazish, sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e'tibor va g‘amxo‘rlik samarasida o‘zbek shaxmat maktabi vakillari nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani ta'kidlandi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yilda shaxmatchilarimiz qirqga yaqin nufuzli musobaqada ishtirok etib, 40 oltin, 15 kumush va 12 bronza medalni ko‘lga kiritdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan «Osiyo millatlar kubogi»da ikki yo‘nalishda kumush medalni ko‘lga kiritdi. Yoshlar terma jamoasi a'zolari Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 10 medalni ko‘lga kiritib, umumjamoa hisobida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Eronda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida yosh shaxmatchilarimiz 7 oltin, 2 kumush, 2 bronza medaliga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston vakillari Sochi shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi o‘tkazilgan jahon chempionatida 36,5 ochko jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Mamlakatimizda 2016 yili uch yirik musobaqa – Georgiy A'zamov xotirasiga bagishlangan X xalqaro "Toshkent open" turniri, ayollar va erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati hamda jahon shaxmat yulduzlarining xalqaro turnirlari tashkil etildi. Undan tashqari 30 ga yaqin musobaqa o‘tkazildi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Germaniya siyosatchilari Bokuda maxfiy tarzda uchrashgan
Jahon | 15:17
-
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:16
-
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
Jahon | 14:43
-
Toshkentda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:41
Mavzuga oid

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

20:52 / 26.03.2025