KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi

Foto: motor.ru
Janubiy Koreyaning KIA kompaniyasi rasman eng tezkor Stinger modelini namoyish etdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi Detroyt avtosalonida taqdim etgan modelini o‘z tarixidagi eng kuchlisi deb atamoqda.
KIA Stinger 2,0 (4 silindrli, turbo) va 3,3 (juft turboli V6) litrli ikkita benzinli motorlardan biri bilan taqdim etiladi. Uning birinchisi 255 ot kuchini bersa, ikkinchisi 365 ot kuchi bilan ta'minlaydi.
Ularning ikkisi ham 8 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda mashinani harakatga keltiradi. V6 motorli namunasi 5,1 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Eng yuqori tezligi soatiga 270 kmni tashkil etadi.
KIA Stinger orqa g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan platformada ishlab chiqilgan bo‘lib, 55 foizi o‘ta pishiq po‘latdan ishlangan. Shu bilan birga, u orqa va barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan namunalarda ishlab chiqiladi.
Eng arzon KIA Stinger diodli bosh chiroqlar, Nappa charmlari bilan o‘ralgan o‘rindiqlar, boshqaruv elektronikasi tartibini o‘zgartirish tizimi (Personal, Eco, Sport, Comfort va Smart tartiblari mavjud), 18 yoki 19 dyuymli g‘ildiraklar, Brembo tormozi, proyeksiya displeyi va mobil qurilmalar uchun simsiz quvvatlash tizimi bilan jihozlanadi.
Bundan tashqari, avtomatik to‘xtash tizimi, old to‘qnashuvdan ogohlantirish tizimi, qulay kruiz-kontrol, harakat qatorini kuzatish funksiyasi va orqaga harakatlanganda yaqinlashib kelayotgan avtomobildan ogohlantirish tizimi kabilar ham mavjud bo‘ladi.
KIA Stinger 2017 yil oxiridan AQShda sotila boshlanadi. Ammo, hozircha, uning narxi e'lon qilinmagan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

02:24 / 17.01.2018
Detroytdagi avtoshouda ko‘rsatiladigan eng yangi mashinalar (fotojamlanma)

19:07 / 10.01.2017
Nissan yangi sedanlarining dizaynini prototipida namoyish etdi

16:31 / 12.12.2016