Shanxay metrosida avtomatlashgan poyezdlar ishga tushirilishi e'lon qilindi
Shanxay metrosining yo‘nalishlaridan birida yaqin kelajakda to‘liq avtomatlashgan poyezdlar ishlashni boshlaydi. "Sinmin vanbao" nashrining ma'lum qilishicha, kabinasida hattoki mashinist uchun joy bo‘lmagan bunday birinchi tarkib Shanxayga Nankindan yetkazildi.
Haydovchisiz poyezdlar Shanxay metrosi 8-yo‘nalishining yangi hududida harakatlanadi. Bu hudud 2017 yilda qurib bitkazilishi kerak. 6 ta stansiyali yangi hududning uzunligi 6,6 km ni tashkil qiladi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Shanxayga yetkazilgan haydovchisiz poyezd 4 ta seksiyadan iborat va 726 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. U to‘liq avtomatlashtirilgan boshqaruvning eng yangi tizimlari bilan jihozlangan. 2017 yil oxirigacha Shanxay metrosi umumiy hisobda shunday 11 ta tarkib oladi, shundan keyin yangi yo‘nalish sinovdan o‘tkaziladi. Bu poyezdlar yuqori shinamlik, xavfsizlik va yaxshilangan shovqin izolyatsiyasiga ega. Tarkib yo‘llarda rezina g‘ildiraklarda harakatlanadigan qilib loyihalangan.
Ayni vaqtda Shanxay metrosining yo‘nalishlaridan birida haydovchisiz poyezd harakatlanmoqda, biroq kabinada avtomatikani nazorat qilib turish uchun mashinist o‘tiradi.
Shanxay metrosi 1993 yilda ochilgan va 14 ta yo‘nalishdan iborat. Metroning umumiy uzunligi 617 km ni tashkil qiladi. Shanxay metrosi umumiy uzunligi 500 km dan oshadigan dunyodagi yagona metrodir.