Sport | 14:43 / 10.01.2017
11217
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Rossiya chempionatiga qaytishi mumkin

2011 yili Meksikada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan Bobur Davlatov faoliyatini yana Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Mahalliy matbuot nashrlari bergan xabarga ko‘ra, Davlatovga Rossiya birinchi ligasi vakili «Nefteximik» klubi qiziqish bildirgan.

Ayni damda futbolchi klub safida ko‘rikdan o‘tish uchun jamoa bilan birga Turkiyaga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, «Yangiyer» klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Davlatov o‘z vaqtida Rossiyaning «Rubin» klubi safida to‘p surgandi. Keyinchalik klub uni Qozog‘istonning «Jyetisu» va «Aqto‘be» klublariga ijaraga bergandi.

Mavzuga oid