ZeniMax kompaniyasi körilgan 2 milliard dollarlik ziyonni qoplaşni talab qilib Facebook'ga qarşi da'vo işi oçdi. Da'vogarning fikriça, Facebook kompaniyasiga qaraşli Oculus VR startapi öz VR-közoynaklarini faqatgina loyiha asosçisi Palmer Laki mehnatlari evaziga emas, asosan ZeniMax va uning xodimi Jon Karmak texnologiyasi yordamida yaratgan. Bu haqida Bloomberg xabar berdi. 

Da'vo işiga köra, 2012 yilda Oculus asosçisi Palmer Laki Rift nomi ostidagi "virtual reallikning primitiv garniturasi" ustida işlagan, öşa paytda loyiha boşga kiyiladigan dubulğa, maxsus dasturiy ta'minot, harakat datçiklari va boşqa texnologiyalar yetişmagan "xom prototip" bölgan. Şunda u ZeniMax bilan faoliyat olib borgan Jon Karmak (id Software kompaniyasi hammuassisi, Wolfenstein 3D, Doom va Quake işlab çiqaruvçisi) bilan muloqot qila boşlagan. 

ZeniMax'ning fikriça, Rift'ni "virtual reallikning kuçli tizimi"ga aylantirişda Karmak yordam bergan. Biroq Karmak va Laki garnituradan Los-Anjyelesdagi konferensiyada Doom 3'ning namoyişi vaqtida foydalanişga kelişib olişganidan söng hamkorlar örtasidagi munosabatlar yomonlaşa boşlagan. 

Manbaga köra, ZeniMax'ga bergan va'dasi ustidan çiqmagani uçun kompensatsiya tölaş örniga Laki va öşa payt startap rahbari lavozimini egallagan Brendan Iribe özlarini "olib qoça" boşlaşgan, keyinroq esa sobiq iş beruvçisining minglab hujjatlaridan nusxa olişga ulgurgan Karmakni ham özlariga oğdirib olişgan. 

Bundan taşqari, Oculus VR Karmakning Rift'ni yaratişga qöşgan hissasini rasman tan olmayapti. "Aslida, bu voqea boşidan oxirigaça yolğon ustiga qurilgan", - deyiladi da'vo işida. Kompaniya huquq himoyaçisi Toni Sammi Bloomberg muxbiri bilan bölgan suhbatda ZeniMax mazkur işga köplab guvohlar, şu jumladan Facebook asosçisi va rahbari Mark Tsukerbergni jalb qilişga tayyor ekanini aytib, ogohlantirdi. 

Facebook va Oculus VR vakillari ayblovlarga izoh berişmadi. 

Mazkur iş 2017 yilning 9 yanvaridan Texasning Şimoliy okrug sudida körib çiqila boşlandi. Bloomberg ma'lumotlariga köra, işga doir materiallar uç hafta davomida körib çiqiladi. 

2015 yilning may oyida Havayining Total Recall Technologies kompaniyasi Lakini maxfiy ma'lumotni öğirlaşda ayblagandi. Ma'lumot virtual reallik dubulğasi prototipini yaratişga oid bölgan.