Hujjat bilan Sudgaça sanatsiya qilişni davlat tomonidan yordam körsatgan holda ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom talablari qişloq xöjaligi korxonalarini sudgaça sanatsiya qilişga tatbiq etilmaydi.

Quyidagilar birinçi navbatda sudgaça sanatsiya qilinadigan korxonalar hisoblanadi:

  • hayotiy muhim oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’moli mollari hamda dori-darmonlar işlab çiqaruvçi korxonalar;
  • davlat mudofaasi va xavfsizligi saqlab turilişini ta’minlovçi korxonalar;
  • respublika iqtisodiyotini rivojlantirişda muhim örin egallagan bazaviy tarmoq (kon qaziş, energetika, metallurgiya, kimyo va boşqa tarmoq) korxonalari;
  • raqobatbardoş, eksportbop va import örnini bosadigan mahsulotlar işlab çiqaradigan korxonalar;
  • zamonaviy, yuqori unumli texnika işlab çiqarişni va iqtisodiyot sohasiga yangi, progressiv, resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etişni ta’minlaydigan korxonalar;
  • şaharni taşkil etuvçi va unga tenglaştirilgan korxonalar.

Sudgaça sanatsiya qilişni davlat tomonidan yordam körsatgan holda ötkaziş jarayoni quyidagi asosiy çora-tadbirlarni öz içiga oladi:

  • korxonaning tölov muddati ötkazib yuborilgan qarzlarini töliq yoki qisman boşqa korxonalar yoki şaxslar, şu jumladan, korxonaning kreditorlari tomonidan sotib oliş;
  • işlab çiqarişni raqobatbardoş mahsulot işlab çiqarişga moslab qayta ixtisoslaştiriş;
  • çetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etiş;
  • xodimlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
  • qarzdorning tölov qobiliyati tiklanişi hamda faoliyatini davom ettirişidan manfaatdor bölgan yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan moliyaviy yordam körsatiş;
  • qarzdorning faoliyatini davom ettirişi uçun kreditorlarga tölanadigan tölovlar muddatini keçiktiriş va (yoki) uni bölib-bölib tölaş yoxud qarzlardan çegirma beriş töğrisida qarzdor va kreditorlar örtasida kelişuvga erişişga qaratilgan bitim;
  • soliqlar hamda yiğimlarni tölaşni va kreditlarni qaytarişni sudgaça sanatsiya qiliş muddatiga keçiktiriş;
  • qarzdor yuridik şaxsni qayta taşkil etiş.

Davlat yordamini oliş uçun taşkilot davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat etişi lozim.