Ispaniyada eng yirik sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Foto: AP
18-22 yanvar kunlari dunyodagi eng yirik sayyohlik yarmarkalaridan biri hisoblangan Fitur yarmarkasi Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
11 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan taqdimotda Fitur yarmarkasi muntazam ravishda o‘tkaziladigan Ifema ko‘rgazma markazi ijro qo‘mitasi prezidenti Klemente Gonsales Solerning ma'lum qilishicha, bu 37-yarmarka hisoblanib, yangi rekordlarni qayd etadi. Taxminlarga ko‘ra, unda dunyoning 165 mamlakatidan 9 672 kompaniya qatnashadi, 755 pavilon xizmat ko‘rsatadi. Yarmarkaning umumiy maydoni - 62 494 kvadrat metr.
Bu yil Argentinaga alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlanmoqda - mamlakat so‘nggi yillarda turizm sanoatini faol rivojlantirmoqda va sayyohlar orasida ancha mashhur bo‘lib bormoqda. Yarmarkada birinchi marta Pokiston, Aruba va Nassau (Bahama orollari poytaxti) qatnashishi kutilmoqda.
18 yanvarda yarmarka doirasida Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziluvchi Barqaror taraqqiy etuvchi turizm yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Asosiy e'tibor tibbiy turizm va shopping-turizmga qaratilishi rejalashtirilmoqda.
Fitur - ITB Berlin yarmarkasidan keyingi ikkinchi eng yirik sayyohlik yarmarkasi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 19:47
-
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi
Jahon | 19:47
-
Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
O‘zbekiston | 19:09
-
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
O‘zbekiston | 19:05
Mavzuga oid

13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

14:00 / 21.10.2024
Madridda hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi

22:19 / 09.09.2024
Madrid elektrosamokatlar ijarasini taqiqlab qo‘ydi

12:00 / 28.08.2024