"Yulduzli janglar" filmi qahramoni sharafiga gibbonlarning yangi turi ataldi
Olimlar Xitoyning janubida yashovchi xulok gibbonlar yangi turini "Yulduzli janglar" filmining bosh qahramonlaridan biri Lyuk Skayuoker sharafiga atashdi.
American Journal of Primatology jurnalida chop etilgan tadqiqotda ma'lum qilinishicha, maymunlarni o‘rganuvchi olimlar boshqa gibbonlardan tumshug‘idagi belgilar va o‘ziga xos "kuylashi" bilan farq qiluvchi gibbonlarni alohida tur sifatida ajratishga qaror qilishgan. Bu tur Hoolock tianxing xitoychadan "osmonlar harakati" deb tarjima qilinishi va olimlarning "Yulduzli janglar" filmiga muhabbati sababli Skayuoker deb ataldi.
Xulok gibbonlar Bangladesh, Hindiston, Xitoy va Myanmada yashaydi va asosiy vaqtini daraxtlarda o‘tkazadi. Xitoyda Skayuoker xuloklaridan 200 tacha bor.
Mavzuga oid
10:49 / 21.09.2018
“Yulduzli janglar” filmidagi yorug‘lik qilichi 180 ming dollarga sotildi
08:46 / 13.09.2017
Disney “Yulduzli janglar” filmining ekranlarga chiqishini boshqa sanaga ko‘chirdi
23:44 / 23.08.2017