Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
McDonald's Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushini sotmoqda
AQShning McDonald's korporatsiyasi o‘zining Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushiga xaridor qidirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma'lum qilishicha, korporatsiyaning investorlar sotib olishi mumkin bo‘lgan McDonald's Holdings (Japan) bo‘limidagi ulushi 33 foizgachani tashkil qiladi. Bu ulushni sotib olishga ariza berish muddati keyingi haftada yakunlanadi.
AQSh korporatsiyasiga Yaponiyadagi bo‘limining deyarli yarim aksiyasi tegishli. Uning kapitallashuvi 3,5 mlrd dollarga baholanadi.
Avvalroq McDonald's Xitoydagi operatsion biznesining 80 foizini Citic va Carlyle Group kompaniyalar konsorsiumiga sotishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026