Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyalik qochqinni chalib yiqitgan vengriyalik tasvirchi ayolga shartli qamoq jazosi tayinlandi
2015 yilning kuzida Serbiya bilan chegarada suriyalik muhojir Usama Muhsinni chalib yiqitgan vengriyalik jurnalist ayol Petra Laslo bu qilmishi uchun shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.
Sud qarorida ta'kidlashicha, N1 telekanali tasvirchisining xatti-harakati jamiyatda “katta tushunmovchilik va g‘azab”ni keltirib chiqardi. Sudya Laslo o‘zini himoya qilgan, deb iddao qilgan advokatlarning bayonotini rad etdi.
Internetda tarqalib ketgan videoda Laslo politsiyadan qochishga uringan, qo‘lida farzandi bo‘lgan suriyalik qochqinni chalib yiqitganini ko‘rish mumkin. Bu jamoatchilikda katta norozilikka sabab bo‘ldi. Tasvirchi bundan so‘ng yana bir erkakning iyagiga, kichik yoshli bolaning esa - tizzasiga qarab urgan.
Ushbu mojaroli videodan so‘ng jurnalist ayolni ishdan bo‘shatishdi. Taxminlarga ko‘ra, u shu tariqa yanada dramatik videoni tasvirga tushirmoqchi bo‘lgan. Voqea joyida bo‘lgan jurnalistlardan birining mobil telefoni orqali olingan yozuvda ayol kamerani to‘g‘ri qochqinga o‘girib, uning g‘azab to‘la baqirishini tasvirga tushirmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Ma'lumot uchun, Usama Muhsin keyinchalik Ispaniyadagi futbol maktablaridan birida murabbiy sifatida ishga qabul qilindi.
Mavzuga oid
14:39 / 09.09.2025
Germaniya hukumati qochqinlarning Suriyaga qaytishini rag‘batlantirmoqchi
09:21 / 07.03.2025
Livitt: Ukrainlarning qochqinlik maqomidan mahrum etilishi haqidagi xabar - feyk
09:20 / 19.10.2024
ifo: Ukrainalik qochqinlarning chorak qismi xorijda qolishni xohlaydi
10:40 / 17.10.2024