Senegal Gambiyaning yangi prezidentini qabul qilishga rozi bo‘ldi
Senegal prezidenti Maki Sal o‘z mamlakati poytaxtida Gambiya prezidenti etib saylangan Adame Barrouni uning inauguratsiyasigacha bo‘lishiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Agence de Presse Senegalaise axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Barrou 15 yanvarda Dakarga yetib kelgan. Uni qabul qilish iltimosini G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati raisi Ellen Jonson-Serlif bildirgan.
2016 yil 1 dekabrdagi Gambiyadagi saylovlarda mamlakatni 1994 yildan beri boshqarib kelgan Yayya Jamme Barrouga mag‘lub bo‘lgandi. Jamme 36,7 foiz, Barrou 45,5 foiz ovoz to‘plagan. Jamme 3 dekabrda o‘z mag‘lubiyatini tan olgan, biroq bir hafta o‘tgach saylov komissiyasi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilganini aytib, yangi ovoz berishni tashkillashtirishni talab qilgan.
Avvalroq Jamme vaziyatni tinchlik bilan hal qilib, hokimiyatni Barrouga topshirishga chaqirilgandi. Barrou 19 yanvarda Gambiya prezidenti lavozimini bajarishga kirishishi kerak.
Mavzuga oid
07:27 / 05.08.2024
Senegal Malidagi isyonchilar qo‘llab-quvvatlangani uchun Ukraina elchisini chaqirtirdi
10:51 / 26.03.2024
Senegaldagi saylovlar: Bassiru Diomayye Fay Afrikaning eng yosh prezidenti bo‘ladi
22:01 / 19.03.2024
O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
14:11 / 06.02.2024