Dunyodagi eng qimmat aksiya bahosi ma'lum qilindi
Dunyodagi eng qimmat aksiyalar ko‘pchilik o‘ylagandek Uorren Baffetning Berkshire Hathaway aksiyalari emas. Mashhur investor kompaniyasining qimmatbaho qog‘ozlari atigi 243 ming dollarga baholanadi. Ikki uncha katta bo‘lmagan Lotin Amerikasi birjalarining aksiyalari 10 karra qimmat turadi. Bu haqida Bloomberg'da ma'lum qilindi.
Chilidagi asosiy birjaning birgina aksiyasi - 2,5 million dollar, Argentina birjasi qog‘ozi esa - 2,1 million dollar. Ularning muomaladagi aksiyalari juda kamligi sabab narxi baland. Bu maydon kapitalida o‘z ulushiga ega bo‘lishi shart bo‘lgan mahalliy brokerlik idoralari - birjaning yagona aksionerlari bo‘lgan davr merosidir.
Bu me'yor Argentinada uch yil avval bekor qilingan edi, tez orada hozirgi aksionerlar birjaning eski qog‘ozlari evaziga yangi kompaniyaning 250 ming aksiyalariga ega bo‘lishadi. Chilida ham shunga o‘xshash jarayon ro‘y beradi - 48 aksiya 48 millionga aylanadi.
O‘tgan yili Argentinaning Mercado de Valores Buenos Aires aksiyalari 210 foizga oshadi, bu asosiy indeksdan to‘rt karra tezroq demakdir. Bu hukumat almashganidan keyin bozor o‘sishi ilinjida sodir bo‘ldi. Chilining Bolsa de Comercio de Santiago kompaniyasi esa o‘sha davrning o‘zidayoq 24 foizga arzonlashdi, faqat buning uchun birgina tranzaksiya talab qilindi.
Aktsiyalarning baland narxi kompaniyalar kapitalizatsiyasi haqida deyarli hech qanday ma'lumot bermaydi. Chili birjasining bozor kapitalizatsiyasi - atigi 122 million dollar, Argentinaniki - 383 million dollar. Maqola avvalida tilgan olingan Berkshire Hathaway'ning bozor kapitalizatsiyasi esa - 399 milliard dollar.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025