Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada kun davomida 3 marta zilzila ro‘y berdi
Yangi yer silkinishi Rim shahridan 106 km shimoli-sharqda 5,6 magnituda bilan ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi xabar bergan.
Bu Italiya markazida 18 yanvar davomida sodir bo‘lgan uchinchi zilzila edi. Bungacha 5,6 va 5,3 balli zilzilalar kuzatilgandi.
Zilzila kuchi asosan Latsio, Marke, Abrutstso viloyatlari hamda Rim shahrida sezilgan. Mutaxassislar bu zilzilalar Apennin uchun xavf solmasligini qayd etishgan.
Shu bilan birgalikda aytish kerakki, ayni vaqtda Italiyaning markaziy qismida sovuq harorat saqlanib turibdi va qor yog‘moqda. Bu esa zilzilalar vaqtida aholi hayotini va qutqaruvchilar harakatini qiyinlashtiradi.
Mavzuga oid
08:53
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026