Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istominning raqibi Australian Open’da hakamni "poyladi"
Ispaniyalik tennischi Pablo Karrino-Busta Avstraliya ochiq chempionatida o‘zbekistonlik Denis Istomin bilan uchrashuvda vishkada o‘tirgan uchrashuv hakamiga to‘p bilan tegdi. Bu haqda Eurosport telekanali xabar berdi.
Ispaniyalik Istominning zarbasini qaytarishga urinib, to‘pni hakam qiz tomon urib yuborgan. Tennischi bu "qilmishi" uchun qizdan uzr so‘ragan va uchrashuv davom etkazilgan. Uchrashuv Istominning 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobidagi 5 setdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv 3 soat 27 daqiqa davom etgan.
Istomin ushbu g‘alabasi evaziga musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi. U nimchorak finalda Grigor Dimitrov (Bolgariya) — Rishar Gaske (Fransiya) juftligi g‘olibi bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
22:04 / 25.06.2026
O‘zbekistonning uch tennischisi Uimbldon asosiy turnirida ishtirok etadi
23:44 / 20.06.2026
O‘zbekiston-Portugaliya bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi
22:52 / 14.06.2026
O‘zbekiston - Kolumbiya o‘yinini angliyalik hakam boshqaradi
10:10 / 09.06.2026