Jahon | 19:36 / 23.01.2017
17102
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp NAFTA kelishuvini qayta tuzish haqidagi farmonni imzoladi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp 23 yanvarda Meksika va Kanada bilan Shimoliy Amerika erkin savdo hududi haqidagi kelishuv (NAFTA) shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha jarayonni boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu kelishuvga AQSh, Meksika va Kanada kiradi. Bu haqda CNBC telekanali xabar bermoqda.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp yaqin kunlarda AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida mahsulotlar va xizmatlarga boj to‘lovlarini to‘liq bekor qilishni ko‘zda tutuvchi Trans-Tinch okean hamkorligidan chiqishi haqidagi farmonni imzolamoqchi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid