Jahon | 22:53 / 27.01.2017
3511
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning BMTdagi vakili ko‘proq emas, aqlliroq ishlashni maqsad qildi

Foto: AP

AQSh Birlashgan millatlar tashkilotida  (BMT) aqlliroq ishlab, o‘z qadr-qimmati va qudratini namoyon etish niyatida. Bu haqida mamlakatning BMT qoshidagi doimiy vakili Nikki Heyli butun jahon tashkilotining shtab-kvartirasiga tashrifi davomida ma'lum qildi. RIA Novosti shu haqida xabar berdi.

Juma kuni Heyli BMT bosh kotibiga ishonch yorlig‘ini topshirdi. 

"O‘zgarishlarni bizning olib boradigan ishlarimizdan bilib olasiz. Gap ko‘proq emas, aqlliroq ishlash haqida ketmoqda", - dedi Heyli jurnalistlarga. 

"Ma'muriyatimiz maqsadi — BMTda qadriyatlarimizni ko‘rsatish - bu qudratimiz, ovozimizni ko‘rsatish hamda ittifoqdoshlarning qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lish demakdir. Shuningdek biz ham ularni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Bizni qo‘llamaydiganlarni esa to‘g‘ri chaqiramiz", - qo‘shimcha qildi Heyli. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid