TIMI talabalari O‘zbekiston XDP vakillari bilan davra suhbatida o‘z takliflarini bildirishdi

27 yanvar kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining vakillari Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabalari bilan davra suhbatini o‘tkazdi. Bu haqda institut matbuot xizmati saytida xabar qilingan.
Institutning konferensiyalar zalida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi «Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori» tomonidan tashkil etilgan «Muammolarni hal etishda mening ishtirokim» loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori mudiri — Umurbek Bektemirov, bosh referent — Sunnat Bozorboyev, «Kamolot» YoIHBT yetakchisi — Uchqun Alimov va «suv xo‘jaligida menejment» fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Tanishtiruv va kirish so‘zidan so‘ng interfaol ko‘rinishda talabalarni 4ta guruhga bo‘lgan holda har bir guruhga alohida mavzular berildi:
1. Xuquqiy savodxonlik;
2. Ijtimoiy muammolar;
3. Iqtisodiy muammolar;
4. Intelektual salohiyat.
Berilgan mavzular doirasida talabalar, respublika bo‘ylab oqsab, alohida yondashuvni talab etayotgan, kamchiliklari mavjud faoliyatlarga hayotiy tajriba va kuzatishlarga asoslangan holda o‘zlarining tanqidiy fikr va mulohazalarini erkin tarzda auditoriya ishtirokchilariga bayon qilishdi. Barcha fikr mulohazalar so‘ngida talabalar sohalarda mavjud kamchiliklarga qanday yechim topish kerakligi to‘g‘risida XDP vakillariga o‘z takliflarini aytib o‘tishdi. Barcha guruhlar o‘z mavzulari yuzasidan chiqishlarini yakunlagach, XDP vakillari bildirilgan fikr va takliflarga ijobiy munosabatda bo‘lishdi va ma'lum masalalarni fraksiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishini alohida takidlab o‘tishdi.
Davra suhbatida qatnashganliklari uchun XDP vakillariga institut rahbariyati va talabalar nomidan minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir TIMI «Kamolot» YoIHBT Kengashi a'zosi hamda XDP Markaziy kengash faoli Raxmatova Muxlisaning tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT
Jahon | 12:31
-
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi
Jamiyat | 12:10
-
Erdo‘g‘an Rossiya va Kiyevni sulh bo‘yicha muzokaralarga imkon berishga chaqirdi
Jahon | 11:51
-
Dam olish kunlari quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:34
Mavzuga oid

18:09 / 11.04.2023
XDP: Davlatning xalqimiz oldidagi majburiyatlari ortishi biz uchun prinsipial ahamiyatga ega

19:29 / 07.12.2021
O‘zbekiston XDP fraksiyasi faoliyati: Nazorat va tahlil

21:20 / 03.07.2021