Jamiyat | 08:46 / 31.01.2017
5817
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada it egasi soliq to‘lamaslik uchun uni qo‘y deb ishontirmoqchi bo‘ldi

Germaniyaning Rostok shahrida yashovchi fuqaro bir necha yil davomida itlarga solingan soliqdan bo‘yin tovlab kelgan. U o‘z jonivori – ispaniya suv itini qo‘y deb aldagan. Bu haqda Focus xabar berdi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, g‘alati “qo‘y”ga o‘tkinchilardan biri e'tibor bergan. Bu holat erkakni itini sayr qildirib yurganida sodir bo‘ldi. O‘tkinchi erkakdan it hujjatlarini taqdim etishni so‘raydi, biroq u qo‘yni yetaklab yurgani haqida ma'lum qildi. Bunday jonivor esa mahalliy veterinariya xizmatida ro‘yxatdan o‘tishi shart emas va unga soliq solinmaydi.

Guvoh jonivor egasining so‘zlaridan shubhaga tushib politsiyani chaqirtirdi. Biroq hattoki politsiyachilar ham jonivor aslida qaysi turga mansub ekanini aniqlay olishmadi. Ertasi kuni esa veterinar shifokor huquqni muhofaza qilish organi xodimlari ishtirokida jonivorni tekshiruvdan o‘tkazib, bu it ekani haqidagi xulosaga keldi.

Endilikda erkak jarimaga tortiladi. Bundan tashqari, u bir necha yillik itga bo‘lgan soliq mablag‘larini ham to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish