Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda benzin arzonlashadigan bo‘ldi
Qirg‘izistonda fevral oyi davomida yoqilg‘i-moy mahsulotlari (YoMM) 2-2,5 so‘mga arzonlashishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati apparati axborot ta'minoti bo‘limida ma'lum qilindi.
Bo‘limning ma'lum qilishicha, mamlakat vazirlar mahkamasida YoMM bozoridagi vaziyat va tranzitga unifikatsiyalashgan temir yo‘l narxlarining ta'sir qilishi muhokama qilindi. Ta'kidlanishicha, Qirg‘izistonda yonilg‘i Qozog‘iston orqali mahsulotlar tranziti uchun unifikatsiyalashgan temir yo‘l narxlari qo‘llanishi sababli arzonlashadi. YoMM fevral davomida neft mahsulotlari partiyalari kelishiga bog‘liq holda arzonlashib boradi.
"Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyadan neft mahsulotlarining Qirg‘izistonga transportirovka qilinishi bir tonna uchun 45 dollardan 48 dollargachani (neft qayta ishlovchi zavodning chegaradan uzoqlashganiga bog‘liq holda) tashkil qildi", deb aytdi Qirg‘iziston hukumati apparati iqtisodiyot va investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i Nikolay Chuykov.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026