Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi hayvonot bog‘i xodimi zebra hujumiga uchradi
Xitoyning Guanchjou shahridagi hayvonot bog‘i xodimiga zebraning hujum qilishi videotasvirga olindi. Voqea guvohlari quturgan zebra erkakning qo‘lini tishlab, uni "mushuk boladay" u yoqdan-bu yoqqa silkitayotganining guvohi bo‘lishgan. Yordamga uzun kaltaklar bilan yetib kelgan boshqa ishchilarning o‘z hamkasblariga yordam berishga urinishlari besamar ketgan, zebra erkakni bir qo‘lidan tishlagancha butalar orasiga qochib ketgan, ishchilar esa uning ortidan quvlab ketishgan. Hujum yovvoyi hayvonlarni katta ekranda tomosha qilayotgan odamlar ko‘z o‘ngida yuz bergan.
Ushbu voqea Xitoydagi boshqa bir hayvonot bog‘ida yuz bergan shunga o‘xshash fojiadan uch kun o‘tib sodir bo‘lgan. O‘sha voqeada hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan bir erkak yo‘lbarslar saqlanadigan volerga kirganda yirtqichlar tomonidan tilka-pora qilib tashlangan. Bu holat erkakning rafiqasi va farzandi ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Erkak olingan jarohatlardan vafot etgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026