Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi spa-salonda 18 kishi tiriklayin yonib ketdi
Xitoy sharqidagi Chjetszyan viloyatidagi spa-salonda chiqqan yong‘in oqibatida kamida 18 kishi yonib ketdi, deb yozmoqda Xitoy markaziy televideniyesi sayti.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 5 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 16.00da Tyantay uyezdida yuz bergan. Ayni vaqtga kelib 18 kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jabrlangan, deb hisoblanmoqda.
Internetda tarqagan yong‘in suratlarida kuchli yong‘in va quyuq tutunni ko‘rish mumkin. Guvohlarning aytishicha, ba'zi odamlar jon saqlash maqsadida bino oynalaridan pastga sakrashgan.
Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026