Rossiya prezidenti Vladimir Putin fevral oyi oxirlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari böylab xorijiy safarini amalga oşiradi. U Tojikiston va Qirğizistonga, va ehtimol, Qozoğiston va Özbekistonga ham taşrif buyuradi, deb yozmoqda Rossiya OAV.
Rasmiy Moskva uşbu respublikalarning har biri bilan qalin siyosiy va iqtisodiy aloqalarni saqlab qolişga urinadi, biroq, ular bilan hal qilinmagan masalalar mavjud. Agar Putin törttala mamlakat poytaxtiga taşrif buyursa, bu sönggi yillarda Rossiya davlat rahbarining mintaqa böylab eng yirik safari böladi.
2016 yil 4 dekabrida Özbekistonda bölib ötgan navbatdan taşqari prezidentlik saylovida ğalaba qozongan Şavkat Mirziyoyevni qutlagan Vladimir Putin uni rasmiy taşrif bilan Moskvaga taklif qilgan edi. Davlat rahbarlarining uçraşuvi yaqin ikki-uç oyda bölib ötişi kerak, deya ma'lum qilgan Kreml ma'muriyati, biroq, aynan qayerda bölişiga oydinlik kiritmagan. Şunga köra, birinçi bölib Putin mehmon bölişi ham mumkin.
«Har qanday davlatning birinçi xorijiy safari öşa mamlakatning xalqaro maydondagi asosiy siyosatining yönalişini belgilab beruvçi öziga xos timsol sifatida baholanadi. Prezidentlik kampaniyasi çoğidayoq Özbekistonning yangi davlat rahbari ilk xorijiy safarini qaysi mamlakatga amalga oşirişi muhokamalar mavzusi bölgan edi», — deydi Rossiya Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik institutining Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgaböyi mintaqalarini örganiş markazining ilmiy xodimi Stanislav Pritçin.
Boşqa tomondan, Pritçinga köra, Rossiya davlat rahbari Duşanbe va Bişkekka kelar ekan, Toşkentga ham kirib ötişi mantiqan töğri böladi. «Agar Mirziyoyevning yaqin orada Moskva taşrifiga doir kelişuv bölmasa, — deydi ekspert, — ikki mamlakat rahbarlarining keng qamrovli suhbati, qisqa muddatli taşrifdan köra maqsadga muvofiqdir. Bundan taşqari, Özbekiston xalqaro hamkorlikda ikki tomonlama munosabatlarga asosiy e'tibor qaratmoqda. Şunga köra, prezidentlarning özaro muloqotiga köp narsa boğliq».
Rossiya-Özbekiston hamkorligining kun tartibidagi asosiy masalalardan biri — harbiy-texnik hamkorlikdir. Toşkent qöşni Afğonistondan kelib çiqayotgan tahdidga nisbatan samarali qarşi turişni xohlaydi.
Eslatib ötamiz, 2016 yil noyabr oyida Özbekiston va Rossiya 2017 yilgi harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirişga doir şartnomani imzoladi. Bundan taşqari, Özbekiston Qurolli kuçlarini Rossiyaning zamonaviy qurol-yaroğlari va harbiy texnikalari bilan qayta jihozlaş böyiça 2020 yilgaça bölgan dastur amalga oşirilmoqda.

















