Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 18:17 / 07.05.2025
7602
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
Davlat rahbari Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahrida bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish