Özbekiston mustaqil bölgaç, 9 mayni nişonlaş masalasini qayta körib çiqdi va bu sananing mohiyati özgardi. Xususan, “Uluğ Vatan uruşi” va “Buyuk ğalaba” jumlalaridan voz keçildi, 9 may Xotira va qadrlaş kuni deya e’lon qilindi. Bu kun – uruşda halok bölgan yarim million vatandoşni xotirlaş, uruş dahşatlari va front ortidagi şafqatsiz hayotni yodga oliş, tinçlikni qadrlaş kuniga aylandi.

Siyosatşunos Farhod Tolipov fikriça, 9 may sanasi haqidagi qaraşlar öta ziddiyatli. Borgan sari bu Ikkinçi jahon uruşi yakuni sifatida emas, sovet ittifoqining merosxöri bölmiş Rossiyaning strategik qaraşlariga xizmat qilayotganday.

“Sovetlar davrida bu uruşda qozonilgan ğalabani nişonlaş bayrami edi, lekin ziddiyatli talqinga ega bölib keldi. Birinçidan, nega aynan 9 may ekani doim muhokamada. Ikkinçidan, yillar ötgan sari bu sananing mohiyati özgarib, ma’nosi oğişa bordi. Xuddiki, bu bayram asosan rossiyaliklar uçun kerakdek bölib körinyapti, çunki dunyoda bu bayramni nişonlaşni Rossiyadan köra köproq xohlovçi davlat qolmagan bölsa kerak”, – deydi Farhod Tolipov.

Jamiyatşunos, etnopsixolog Mahmud Yöldoşevga köra, 9 may bu bayram emas, balki marosim, xotirlaş kuni.

“Har xil aza marosimlari bor, non sindirib, tadbir ötkazişadi. 9 may ham öynab, bayram qiladigan sana emas. Lekin bizda ba’zi yillari hattoki «Katyuşa»ga öyinga tuşişdi. Bu xalq ongidan sovet davri töliq çiqmaganini anglatadi. Oddiy misol, öğlingiz jamiyatga moslaşib boradi, 30 yildan keyin nimani eslaşi esa ota-onasi bergan tarbiyaga boğliq. Biz şu tarbiyani bera oldikmi? Oğaynilar, bu bayram emas, marosim bu. Biz özimizniki bölmagan uruşda qatnaşib, katta qurbonlar berdik, sababi katta bir imperiya bizni bosib olgandi”, – deydi u.

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov uruş ikki repressiv tuzum örtasida bölganiga e’tibor qaratib, ulardan biri Markaziy Osiyo xalqlarini bosib olgani, ziyoli qatlamini qatağon qilgani, xususan özbekistonliklarga keltirmagan jabri qolmaganini ta’kidlaydi.

“Sovet davri odamlarida nostalgiya bordir, lekin hali 35 yoşdan oşmagan odamlarda-çi? Ya’ni bu yerda mafkura bor. Mana şu eşittiriş ostidagi izohlarda ham kuzatsak böladi, Rossiyada işlab yurgan vatandoşlarimizdan bizga qança haqoratlar tuşadi. Odamlarimizning mustabid tuzum mafkurasidan ozod bölişi – milliy mafkura, qat’iy intizom va siyosiy irodaga boğliq”, – deydi Taşanov.