23:30 / 06.02.2017
4951

Uzbektelecom international qo‘shma korxonasi bosh direktorining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Samarqand, Jizzax, Qarshi va Termiz shaharlarida ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari (uy telefoni, internet) bo‘yicha hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflarni bildirishning yangi imkoniyati taqdim etildi. Ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi Uzbektelecom international qo‘shma korxonasi bosh direktorining virtual qabulxonasi ishga tushdi.

Murojaatlarni yuborish uch xil usulda:

1. http://m.spuzi.uz/ internet manzili orqali virtual qabulxonaga;

2. “Chaqiriqlarni qayta ishlash  yagona markazi”ning 1084 va “Markaziy ta'mirlash byurosi”ning 1086 qisqa raqamlari orqali;

3. uzi@intal.uz elektron pochta manzili orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top