Tarixçilarning ta'kidlaşiça, dunyodagi ilk labirintlar qadimiy Misrda paydo bölgan: Tönğiç Pliniy Şedit yaqinida joylaşgan tuşunarsiz inşootni tasvirlagan, yunonlar uni Timsoh maydoni deb ataşgan. Bu yerda Sebekaga (timsoh boşli Xudo) ibodat qiliş odat tusiga kirgan bölgan, labirint esa ğaroyib diniy amallar yöllanadigan joyga aylangan.
Boşqa köplab mamlakatlarda labirintlardan uzoq vaqt davomida taxminan şunday maqsadlarda foydalanilgan. Bu adaştiruvçi inşootlar heç qaçon zerikkan odamlarning könglini ovlaşga möljallanmagan. Bugungi kunga qadar dunyoda bunday "qoronği" tarixga ega inşootlar köp emas. Don'tPanic naşri eng xavfli beş labirint töğrisidagi ma'lumot bilan bölişdi.
Parij katakombalari

XVIII asr oxiri aholisi haddan ziyod tölib ketgan Parij uçun oson keçmadi. Ölim darajasining yuqoriligi atrofdagi barça qabristonlarning tölib ketişiga olib keldi: hukumat marhumlarni nima qiliş haqida favqulodda qaror çiqarişiga töğri keldi. Şahar çiziğida joylaşgan taşlandiq punktlar dastlab vaqtinçalik çora sifatida taşkil etildi - biroq ma'lumki, vaqtinçalik qarorçalik doimiy narsa yöq. Atigi bir yarim yil içida bu yerga dafn qilingan jasadlar soni olti milliondan oşdi. Bu yerni vaqtinçalik haqiqiy ölim labirintiga aylantirib, kengaytirişga kirişişdi. Tasavvur qilib köring-a, bir neça yuz kvadrat kilometr hudud butkul öliklar bilan töldirilgan. Bugungi kunda bu katakombalarning kiçik hududi sayyohlar uçun oçiq, biroq içkariga olib boruvçi yöllar jiddiy muhofazalanadi.
London yer osti

Londondagi ilk yer osti labirintlari ikki ming yil avval qazilgan. Ular şahar bilan birga ösib, rivojlangan - bu joylar kambağallar, öğrilar, qotillar va marhumlarning sönggi boşpanasi bölgan. Londondagi XVI asr klassik hujralarini muayyan tölov evaziga sayyohlarga körsatişadi - bunday yöllanmani istagan agentlikdan sotib oliş mumkin. Agar biroz harakat qilib, mahalliy gidni topsangiz, yanada çuqurroq kirişga muvaffaq bölasiz. Qiziqişlaringiz mukofoti esa - qiynoqlar ötkazilgan kameralar, yonib ketgan kulbalar va hatto mömiyolangan tana qoldiqlari.
Yuta ştati labirinti










