Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lenovo 8 fevraldan hamyonbop noutbuk-transformeri sotuvlarini yo‘lga qo‘yadi
Lenovo Android'da ishlovchi Yoga A12 byudjyet noutbuk-transformerini namoyish qildi. Bu katta muhokamaga sabab bo‘lgan Yoga Book'ning xuddi o‘zi, faqat arzonroq va Windows'siz. "Layfxaker" shu haqida xabar berdi.
2017 yilda Lenovo kompaniyasi barchani ajoyib Yoga Book bilan hayratga soldi. Qurilma noodatiy konstruksiyasi, materiallarning yuqori sifati va bir vaqtning o‘zida ham planshet, ham noutbuk vazifasini bajarishi bilan barchaga ma'qul keladi. Biroq Yoga Book'ning narxi aksariyat xaridorlar uchun haddan ziyod qimmatlik qildi.
Yangi Yoga A12 modeli — o‘tgan yilgi xitning byudjyet modifikatsiyasi. U faqat Android boshqaruvda ishlaydi. Qurilma bahosi - atigi 299 dollar.

Lenovo Yoga A12 noutbuki 12,2-dyuymli moslashuvchan displey va stilus bilan ishlash imkonidan mahrum bo‘lgan sensor klaviatura bilan ta'minlangan. Qopqoqning buklanish mexanizmida o‘zgarishlar bo‘ldi, lekin shunday bo‘lsa-da, avvalgidek 360 darajaga qayirish imkonini beradi. Bu Yoga A12'ni ham noutbuk, ham planshet sifatida qo‘llashga imkon yaratadi.

Noutbuk korpusi qalinligi - atigi 10,9 millimetr, u 2 Gb operativ va 32 Gb flesh-xotiraga ega. Gadjyetda microSD xotira kartasiga mo‘ljallangan maxsus o‘yma mavjud. Bundan tashqari u Wi-Fi, Bluetooth, USB 3.0 Type-C bilan ta'minlangan.
Lenovo Yoga A12 qurilmasi 8 fevraldan sotuvga chiqa boshlaydi.
Mavzuga oid
13:41 / 17.11.2025
Apple iPhone chiqarilish jadvalini o‘zgartirdi - endi taqdimotlar yiliga ikki marta bo‘ladi
21:42 / 08.10.2025
Har bir mahallada favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari targ‘ib etiladi
20:58 / 08.10.2025
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
20:33 / 27.10.2023