Xitoydagi qishloqlardan biriga 14 yovvoyi fil bostirib kirdi

Foto: © Fotolia/ sanirimpan
O‘n to‘rt och yovvoyi fil yemish qidirib, Xitoyning janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasidagi qishloqqa bostirib kirdi. Bu haqida Sinxua agentligi xabar berdi.
Xitoyda Osiyo yovvoyi fillari qo‘riqlanuvchi jonivorlar hisoblanadi. Ular asosan Sishuanbann okrugi, shuningdek Pauer va Lintsan shaharlarida yashaydi. Qish mavsumida yegulik yetishmovchiligi ularni yaqin atrofdagi qishloqlardan yemish izlashga majbur qiladi.
O‘rmon politsiyasi xabarlariga ko‘ra, seshanba kuni ertalab 14 yovvoyi fil Sinshuanbann-Day avtonom tumanidagi Menxay uyezdi, Mandan qishlog‘iga bostirib kirgan.
Fillar 26 yanvardan shu hudud atrofida dalalar va fermer xo‘jaliklari yaqinida yemish izlab aylanib yurishgan. Fillar bir necha jo‘ja va g‘ozlarni bosib, qishloq ekinlarini yeb ketishgan.
Politsiya xavfdan ogohlantirish va transport politsiyasiga xabar berish, shuningdek mahalliy aholini evakuatsiya qilish uchun maxsus personalini yo‘naltirgan. Hukumat jonivorlarni kuzatish uchun drondan foydalangan.
O‘rmon xo‘jalik boshqaruvi ma'lumotlariga ko‘ra, 2011 yildan 2015 yilga qadar Yunnan provinsiyasida fillarning bostirib kirgani to‘g‘risidagi 48 000 holat qayd etilgan. Buning natijasida 18 kishi halok bo‘lgan, 27 nafari jarohat olgan, iqtisodiy ziyon esa taxminan 14 million dollarni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent mineral suvi: Afsona va haqiqat
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkentda ko‘p qavatni turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
O‘zbekiston | 08:55
-
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 08:52
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
Mavzuga oid

21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

18:33 / 09.05.2025