Sport | 21:50 / 09.02.2017
24963
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Fransiyalik biatlonchi rus sportchisiga nisbatan qilgan harakati internetni larzaga keltirdi

Fransiyaliklar biatlonchi Marten Furkad Avstriyaning Xoxfiltsen shaharchasida boshlangan jahon chempionatining aralash estafetasida qilgan harakati uchun rus muxlislarining keskin munosabatiga yo‘liqdi.

Gap shundaki, aralash estafetaning uchinchi qismida Rossiya terma jamoasi safida qatnashgan Aleksandr Loginov navbatni to‘rtinchi ishtirokchi Anton Shipulinga topshirayotgan paytda Fransiyadan to‘rtinchi bo‘lib startga chiqqan Furkad Loginovning chang‘isini tepib o‘tdi va uning yiqilishiga sababchi bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Aleksandr Loginov ikki yil muqaddam Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan ikki yilga musobaqalardan chetlatilgan va jazo muddatini o‘tab yana terma jamoa safiga qaytgandi. Marten Furkad esa uning sportga qaytishini keskin qoralagan, bir necha marotaba bu borada tanqidiy fikrlar bildirib kelayotgandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid