Sport | 22:45 / 09.02.2017
17033
1 daqiqa o‘qiladi

Biatlon mojarosi: Rossiyalik biatlonchilar Furkadga qo‘l berishni, Furkad ruslar bilan bitta shohsupada turishni istamadi

Avstriyaning Xoxfiltsen shaharchasida boshlangan biatlon bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunidayoq mojaroli vaziyat yuzaga keldi. 

Jahon kubogi umumiy reytingida yetakchilik qilayotgan Marten Furkad aralash estafeta paytida rossiyalik Aleksandr Loginovni chang‘isini tepib yiqitib ketgach, taqdirlash marosimida Rossiya terma jamoasining ikki nafar a'zosi Anton Shipulin va Aleksandr Loginov Marten Furkad bilan qo‘l berib so‘rashishdan bosh tortdi.

Shundan so‘ng Rossiya terma jamoasi shohsupasiga ko‘tarilayotganda Marten Furkad ular bilan bitta joyda turishni istamadi va muddatidan oldin shohsupani tark etdi. Ammo turnir tashkilotchilari uni shohsupaga qaytish shartligi tushuntirib, ortga qaytarishdi.

Eslatib o‘tamiz, aralash estafeta bahslarida Germaniya terma jamoasi oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Fransiya ikkinchi, Rossiya termasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid