Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Tramp bilan hamkorlik qilish uchun shartini bildirdi
Suriya prezidenti Bashar Asad AQShning yangi prezidenti Donald Trampning ma'muriyati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgan. Uning so‘zlari Yahoo News tomonidan keltirilgan.
Suriya rahbarining aytishicha, mamlakatning amaldagi hukumati Tramp bilan hamkorlikdan umidvor, ammo bu hamkorlik «ruslar va amerikaliklar yaqinlashuvi» evazigagina ro‘y berishi mumkin.
Asad shuningdek, Trampning ma'muriyatini Suriyaga IShIDga qarshi kurashish uchun amerikalik harbiylar ruxsatsiz kirishiga yo‘l qo‘yilmasligidan ogohlantirgan.
Bundan tashqari u Suriyadagi vaziyat haqida gapirib, «xavfsiz hudud» tashkil etish g‘oyasini «haqiqatdan yiroq» g‘oya sifatida baholagan.
Bundan oldinroq Bashar Asad AQSh va Rossiya hamkorligi butun dunyo uchun, shu jumladan Suriya uchun foyda keltirishi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025