Jurnalist va bloger Behzod Qobulov «Örta Çirçiq dehqon bozori»dagi muammolarni örganib, tayyorlangan tanqidiy maqolani matbuotda va öz blogida e'lon qildi.
Quyida «Toşkent haqiqati» gazetasida bosilgan maqola qisqartiş va muallif kiritgan ayrim töldirişlar bilan naşr etilgan.
«Kim beradi-yo terminal»ni-yo...
Bozor... U nafaqat şarqona savdo markazi, balki öşa xalqning ma'naviy dunyosi, madaniy hayot tarzi, insoniy sifatlarining haqqoniy közgusi hamdir. Bu manzilda odamlarning fikrlaşi, özaro munosabati boriça, yaqqol seziladi. Umuman, bozorning "ob-havo"si nainki moddiy boylig-u oziq-ovqat mahsulotlarining, qolaversa, ayni bir paytda xalq qalbining ham öziga xos barometridir.
Yaratganga mingdan-ming şukrlar bölsinki, bugungi kunda bozorlarimiz tökin-soçin, fayzli. Bozor oralasangiz har qadamda önlab savdogarlar peşvoz çiqib, anvoyi mahsulotlarini taklif qiladilar. Bular orasida eng sarxili, pişiq-puxtasi, albatta, özimizning mahsulotlar – bularni körib bahridilingiz qançalar ravşan tortadi! Ammo, ba'zida bozorlarda şunday manzaraga duç kelasizki, ular körkam, obod hayot jamoliga tuşgan husnbuzar kabi közga xunuk körinadi. Tinç va obod zamonda, köz öngimizda, nahotki, mana şunday illatlar palak yozaversa, degan iztirob tuğiladi yurakda. Xullas, quyida e'tiboringizga havola qilinayotgan maqola bir muddat oldin yozilgan, orada ahvol önglanişiga umid bildirgan holda, bozor ma'muriyatining kamçiliklarni bartaraf etişga doir quyuq va'dasi tufayli vaziyatni matbuotga olib çiqişga andişa qilgan edik. Lekin yaqinda ayni manzilni qayta örganganimizda, ayon böldiki, barçasi «Eski hammom - eski tos...». Qolgan gaplarni esa maqolani öqigaç bilib olasiz...
Joylarda jamoatçilik nazoratini örnatiş, aholiga qulaylik yaratiş bugungi kunda har qaçongidan dolzarb vazifaga aylangan. Biroq, ba'zida oddiy holatlar, birgina xodimning işga mas'uliyatsizligi fuqarolarga naqadar qiyinçilik tuğdirayotgani hayratingizni oşiradi.
Örta Çirçiq tumanidagi dehqon va buyum bozorida bank plastik kartoçkalariga savdo qilinmayotgani, bozor hududida, unga yondoş joylarda tartibsizliklar yuzaga kelgani haqida ötgan yil poyonida xatlar olgandik. Bozorni öz közimiz bilan körgaç, bu yerdagi ahvoldan oçiği hayron qoldik. Bozorning asosiy kiriş darvozasi mahkam yopilgan, faqat kiçkina eşik oçiq. Darvozaga esa özbek tilini istalgan şaklda tahqirlovçi matnlar – şaxsiy tijoriy e'lonlar yopiştirilgan. Darvozadan içkariga hatlaşingiz hamono kiriş yölagini "işğol qilgan" yoymaçi-savdogarlarga közingiz tuşadi.



















