Oltiariqliklarning uzumi nafaqat hosilining mölligi, balki uning uzoq muddat saqlanişi bilan ham maşhur. Ayni qiş faslida xonadonlarda saqlangan uzumlar meva bozorlarini töldirgan. Aksariyat oltiariqliklar xonadonida esa hali ham uzumlari uzilmagan holatda turibdi. Dehqon uni bahorgaça avaylab parvariş qiladi. Tumanning meva bozorida esa bayram oldidan savdo ança jonlangan. Uzumlar ayni kunlarda holatiga qarab 20 ming sömdan 35 ming sömgaça sotilmoqda.
Oltiariq meva bozorida bölib savdo jarayonlarini kuzatdik. Uzumlar içki bozor hamda eksportga çiqarilyapti. Sotuvçilarning aytişiça, ötgan yilgiga qaraganda bu yil uzum nisbatan arzon. Ötgan yili dekabr oyida uzumlar holati va naviga qarab kg 30 ming sömdan 50 ming sömgaça sotilgan ekan.

“Bozorga tört xil navdagi uzumlar olib çiqdim. Gulukaptar, «damskiy», şohonak va husayni. «Damskiy»lar ozgina qimmatroq, ön sakkiz, yigirma ming.


Yangi yil uçun asosan “baklajka” uslubida saqlangan uzumlar çiqyapti, ular qimmatroq böladi, odamlarning uyida köp yoki kam bölişiga qarab. Köpayib ketsa, arzonlab ketişi ham mumkin. Agar qirğiz, qozoq, Rossiyaga tortib qolsa uzumlar sezilarli darajada qimmatlab ketadi.


Ötgan yili husaynilar ellik ming, «damskiy»lar esa oltmiş minggaça çiqqan yangi yil arafasida. Öşanda “baklajka” usulida saqlangan uzumni Toşkentdagi Yunusobod bozorida ellik ming sömdan sotganmiz.

Bu yil uzum nihoyatda köp hosil berdi. Yaxşi daromad oldik”, deydi sotuvçilardan biri.
Husanboy Ğofurovning uyida uzumlar hali ham uzilmagan holatda turibdi

“Xonadonimizda yigirma beş xil navdan ortiq uzumlar bor, eng çidamli va yaxşi saqlangani husayni va kelinbarmoq navidir.


Oktyabr oyida uzilgan uzumlar omborxonamizda kelasi yil uzum pişguniça saqlab turiladi.
Navdasidan uzilmagan uzumlar esa aprel-may oyigaça plyonka ostida yaxşi holatda turaveradi”, deydi Husanboy Ğofurov.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov.











