Toşkent şahar hokimligining Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi DUKka köra, loyiha doirasida bozorning umumiy vazifasi saqlanib qoladi. Har bir bölim alohida reja asosida qayta taşkil etilib, tadbirkorlar uçun öz faoliyatini töxtatmasdan işlaş imkoniyati yaratiladi. Şuningdek, quriliş işlari savdo joylariga ta’sir qilmasligi uçun maxsus logistika tizimi taşkil etiladi.

Toşkent şahar hokimligi yaqin kunlarda bozor tadbirkorlari bilan uçraşuv ötkazadi. Unda yangi quriladigan bozorning şaroitlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berilib, tadbirkorlar takliflari eşitiladi.
Yunusobod bozori nafaqat tuman aholisi uçun savdo va xizmat körsatiş markaziga aylanadi, balki qöşimça iş örinlari va şahar infratuzilmasi rivojlanişiga hissa qöşadi. Qayta quriş işlari natijasida bozor faoliyatidan budjetga tuşumlar sezilarli darajada oşişi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Loyihaga oid barça yangiliklar aholi va tadbirkorlarga muntazam ravişda yetkazib turiladi. Quriliş jarayoni va uning natijalariga oid ma’lumotlar bilan tanişib boriş mumkin böladi.
















