Jahon | 20:33 / 11.02.2017
121568
3 daqiqa o‘qiladi

Abdulqodir Masharipov tungi klubda 39 kishini o‘ldirgani uchun hibsga olindi

Turkiyaning Istanbul shahridagi Reina tungi klubiga yangi yil kechasi hujum qilgan Abdulqodir Masharipov hibsga olindi. Bu haqda "XaberTyurk" telekanali xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Masharipov Istanbuldagi “Silivri” qamoqxonasiga joylashtirilgan. Unga “39 kishini qasddan o‘ldirish”, “IShID terrorchilik guruhiga a'zo bo‘lish”, “noqonuniy ravishda qurol saqlash”, shuningdek, “konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish” bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Masharipov qamoqxonada yakuniy jazo chorasini qabul qilishi lozim bo‘lgan sud jarayoni tugashiga qadar saqlanadi. 

Hozirgi sud tergovchilar ayblanuvchini so‘roq qilishni tugatganliklari tufayli va ishni sud organlariga topshirishlari uchun kerak bo‘lgan rasmiyatchilikdir. Masharipov bunga qadar qo‘lga olingan shaxs maqomida bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Masharipov birinchi yanvarga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina ko‘ngilochar klubida terakt sodir etdi. U avtomat bilan qurollanib, dastlab qo‘riqchini otgan, so‘ngra 700 kishi bo‘lgan klubga kirgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, u bir necha yuz marta o‘q uzish chog‘ida 6ta o‘qdonni bo‘shatgan. Buning oqibatida 39 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 

Jinoyat uchun mas'uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi. Istanbuldagi manzillardan birida esa 150 ming AQSh dollari topilgan. Hukumatning fikricha, ular terakt ijrosiga to‘lab berilgan mablag‘lar bo‘lgan.

Masharipov terakt ijro etilganidan 16 kun o‘tib, 16 yanvar kuni maxsus xizmatlar o‘tkazgan amaliyot davomida Istanbulning Esonyurt tumanida qo‘lga olindi.

“Abu Muhammad Xurosoniy” nomi bilan tanilgan Masharipovning yonida to‘rt yarim yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan.

Masharipov aybiga iqror bo‘ldi

Istanbuldagi terakt ijrochisi Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tgan 

Abdulqodir Masharipov O‘zbekistonni 6 yil avval tark etgan 

Masharipov ko‘rsatmasi asosida Bursada o‘zbekistonliklar va tojikistonliklar qo‘lga olindi 

Mavzuga oid