Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:33 / 13.02.2017
7966
1 daqiqa o‘qiladi
Lahorda portlash yuz berishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
Kamida 16 kishi Pokistonning Lahor shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida qurbon bo‘lgan. Bu haqda Geo TV xabar tarqatdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, hodisa Panjob shtati qonunchilik yig‘ilishi o‘tayotgan hudud yaqinida ro‘y bergan.
Qurbon bo‘lganlar politsiyachilar edi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan.
Bundan oldin Lahorda hukumat siyosatiga qarshi namoyishlar vaqtida kuchli portlash ro‘y bergani xabar qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish