Jahon | 23:21 / 14.02.2017
6724
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Maxfiy xizmat rahbari lavozimini tark etadi

AQSh maxfiy xizmat rahbari Jozef Klensi 4 mart kuni o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga asoslangan holda AVS telekanali xabar tarqatdi.

AQShning yuqori martabali shaxslari xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadigan xizmat rahbarligiga Klensi 2015 yilda tayinlangandi. 

Oxirgi yillarda Maxfiy xizmat Oq uy hududiga bir necha marta begonalar bostirib kirishga urinishi tufayli ko‘p marta tanqid qilindi. Shuningdek agentlar xulqi bilan bog‘liq mojarolar ro‘y berdi.

Klensidan avvalgi rahbar Juliya Pirson mamlakat fuqarosi Omar Gonsales pichoq bilan qurollangan holda Oq uy zaliga kirishga bir necha marta uringani bilan bog‘liq mojarodan keyin ishdan ketgandi.

AQSh Maxfiy xizmati haqida ko‘pchilikka noma'lum 5 fakt

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid