Jamiyat | 20:37 / 14.02.2017
6984
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yoshlar #BoburDay‬‬ heshtegini yana bir bor jahon trendiga olib chiqishdi

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag‘ishlangan internet aksiyasi tom ma'noda virtual bayramga aylanib ketdi. Ushbu aksiya jarayonida yoshlar tomonidan 5 mingdan ortiq Bobur ijodi, tarixi va ilmiy me'rosiga bag‘ishlangan ma'lumotlar tarmoqqa qo‘yildi.

Ushbu aksiyaga qo‘shilgan Twitter foydalanuvchilari 14 fevral soat 14:00dan boshlab #BoburDay‬‬ heshtegi bilan tvitlar yoza boshlashdi.

Natijaga ko‘ra, #BoburDay‬‬ heshtegi 166 mingdan ortiq tvit bilan dunyoning eng mashhur o‘ntaligidan joy olib, jahon trendiga chiqdi, hamda bosh shtabi Chikagoda joylashgan “hashtags.org” saytining “yulduzli” va “aktual” heshteglari qatoridan joy oldi.

Internet aksiyada, shuningdek, Facebook va Instagram foydalanuvchilari ham o‘z postlarida ushbu heshteglarni ishlatgan holda qatnashdilar, Telegram messenjeri info kanallari orqali ham foto, video va audio ma'lumotlar almashildi.

Eslatib o‘tamiz, «E-yoshlar» guruhi joriy yilning 9 fevral kuni #NavoiyDay‬‬, hamda o‘tgan yili #Navoiy575 va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqqan  edi.

Mavzuga oid