22:06 / 16.02.2017
13863

Putin Urugvaydan kuchli futbolchilar chiqishi sababini taxmin qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikr bildirishicha, Urugvay futbolchilarining muvaffaqiyatlari bu mamlakatda tayyorlanadigan yuqori sifatli mahsulotlar tufayli bo‘lishi mumkin. U bu haqida urugvaylik hamkasbi Tabare Vaskes bilan Moskvadagi uchrashuvida aytib o‘tgan.

"Bizning sportchilarga mundialda zafar tilaganingiz uchun rahmat. Urugvay — katta davlat emas, ammo ilk  chempionatdayoq g‘olib bo‘lgandi. Buning siri nimada ekanini bilmayman. Balki sizning futbolchilaringiz iste'mol qiladigan go‘sht va sutning sifatidadir. Ammo bizning mahsulotlarimiz sifati ham yuqori", — degan Vladimir Putin.

Vaskes Urugvay va Rossiya 2018 yilda Rossiya mezbonlik qiladigan jahon chempionati finalida uchrashishi mumkinligi haqida aytgan.

"Keyingi yilda bu yerda futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Umid qilamanki, finalda Rossiya va Urugvay o‘ynaydi", degan Vaskes Vladimir Putin bilan uchrashuvidan keyingi matbuot anjumani vaqtida.

Top