Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov rahbarligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi tuziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilib, uning zimmasiga ilmiy-texnika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash vazifalari yuklanmoqda.
Shuningdek, mazkur komissiyaning ishchi organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etilmoqda. Agentlik zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan davlat topshiriqlarini shakllantirish kabi vazifalar yuklanadi.
Mazkur tadbirlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga, mavjud intellektual salohiyatni jipslashtirishga, izlanishlardagi mayda, samarasiz mavzularga va takrorlanishlarga barham berishga xizmat qiladi.
Qaror bilan o‘z yechimini topayotgan yana bir muhim masala Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lib, jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan:
ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida yangi tipdagi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish;
olimlarimiz tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obektlarini chet elda ro‘yxatdan o‘tkazish (patentlash) xarajatlarini qoplash;
zamonaviy laboratoriyalarning ilmiy asbob va uskunalarini zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz ta'minlash;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining jahonning yetakchi ilmiy elektron ma'lumotlar bazasidan erkin foydalanishlari uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash;
yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish.
Qaror doirasida nazarda tutilgan barcha tadbirlar davlatimiz tomonidan iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta'minlashda ilm-fanning rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Ushbu qaror akademik fan nufuzini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining kadrlar va intellektual salohiyatini mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish va olimlarning sermashaqqat mehnatlarini munosib moddiy rag‘batlantirishga keng yo‘l ochadi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026