Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng qari dengiz qushi 66 yoshida bolaladi
Dunyodagi eng qari dengiz qushi deb e'tirof etiladigan albatros turidagi qush 66 yoshida navbatdagi marotaba nasl ko‘rdi, deb xabar bermoqda AQShning ovchilik va baliqchilik masalalari bo‘yicha boshqarmasi.
Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, Uizdom (Donishmandlik) laqabli, yuqori qismi qora rangli albatros qushining urg‘ochisi kamida 66 yoshda. U 60 yildan beri Tinch okenidagi Miduey marjon qoyalariga tuxum qo‘ygani keladi.
16 fevralda qushning navbatdagi polaponi tuxumni yorib chiqdi. Biologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, rekordchi qush o‘z umri davomida 30 ga yaqin polaponni "tarbiyalagan".
Miduey orolida bu turdagi albatroslarning dunyodagi populyatsiyasining 70 foizi yashaydi.