Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarga 4tadan Damas avtomobillari beriladi
Toshkent shahridagi har bir oilaviy poliklinikaga 4 donadan Damas rusumli avtomashinalar ajratiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifing vaqtida shahar ayollar qo‘mitasi rahbari, hokim o‘rinbosari Farida Abdurahimova ma'lum qildi.
Brifing shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning «Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga bag‘ishlangan.
«Gazeta.uz» ma'lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston poytaxtida 60ta oilaviy klinika mavjud. Yaqin vaqtlar ichida bu klinikalarga hokimiyat tomonidan 2tadan avtomashina beriladi, yana ikkitasi esa yil oxiriga qadar yetkaziladi.
«Bu avtomobillar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini sezilarli darajada yaxshilaydi, shifokorlar kunning istalgan vaqtida chaqiruv bo‘yicha bemorning xonadoniga bora olishadi», — deya qayd etgan Abdurahimova.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini keskin tanqid qilgandi. Bunga javoban Sog‘liqni saqlash vaziri muammolarni hal qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rilishini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

16:22 / 31.05.2025
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

16:09 / 15.05.2025