Sport | 09:54 / 18.02.2017
7959
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada hakamga tajovuz qilgan futbolchi uzoq muddatga chetlatildi

Ispaniyaning mintaqaviy ligasida ishtirok etuvchi "Xedula" jamoasi futbolchisi  "Portuense" klubiga qarshi uchrashuvda bosh hakam yordamchisiga tajovuz qilgani sababli 47 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Marca nashrining yozishicha, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi futbolchiga hakamga tajovuz qilganiga 40 ta o‘yinlik diskvalifikatsiya belgilagan. Yana 5 ta o‘yinga chetlatish futbolchining boshqa bir vaziyatdagi tajovuzkor xatti-harakati, qolgan ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya esa bosh hakamga bepisandligi uchun berilgan.

Bundan tashqari,  "Xedula" o‘z o‘yinchisining nomaqbul harakatlari tufayli bir ochkodan mahrum qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish