Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Donbassda yashayotgan Ukraina fuqarolari hujjatlarini tan olish haqidagi farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari alohida tumanlari hududida yashovchi Ukraina fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan hujjatlarni ushbu tumanlardagi vaziyat siyosiy jihatdan hal etilmagunga qadar Rossiyada tan olish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farmonda ta'kidlanishicha, Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari alohida tumanlari hududida doimiy ravishda istiqomat qiluvchi Ukraina fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyaga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga asosan vizalarni rasmiylashtirmay turib kirishi va chiqishi mumkin.
Kreml saytida aytilishicha, qaror umume'tirof etilgan prinsiplar va xalqaro gumanitar huquq normalariga muvofiq inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarini himoya qilish maqsadida kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
09:50 / 04.07.2026