Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom dunyosining 2017 yilgi turistik poytaxti nomi e'lon qilindi
Saudiya Arabistonida Madina shahrining Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) tomonidan islom dunyosining 2017 yildagi turistik poytaxti deb e'lon qilinishiga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida "Anadolu" nashri xabar berdi.
Madina shahrining turizm va taraqqiyot bo‘yicha boshqarmasi rahbari Sulton bin Salmon bin Abdulaziz ishtirokidagi maxsus marosimda shaharda yil davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbirlar dasturi taqdim etildi.
Marosimda Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning Madinaga ko‘chib o‘tishiga oid musiqiy asarlar yangradi, shuningdek folklor shou va milliy raqslar ham namoyish etildi.

Madina shahri IHT mamlakatlarining turizm vazirlari ishtirokidagi konferensiyada islom olamining turistik poytaxti sifatida tanlangan.
Islom olamining 2016 yilgi turistik poytaxti Turkiyaning Konya shahri bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026