Kun grafikasi: Mobil platformalar o‘rtasidagi urush tugadi

Gartner hisobotiga ko‘ra, bugungi kunga kelib dunyo bozorida smartfonlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat deyarli yo‘qoldi. Hisobotga ko‘ra, sotilayotgan smartfonlarning 99 foiziga Android yoki iOS operatsion tizimlari o‘rnatilgan.
Bunchalik katta farq avval kuzatilmasdi. 2010 yilda Android va iOS bozorning ko‘pi bilan 40 foizini egallardi. O‘sha vaqtda Symbian va BlackBerry qurilmalarining bozordagi ulushi ko‘proq, Windows smartfonlari hissasi esa 4,2 foiz edi.
O‘tgan vaqt ichida Symbian qurilmalari yo‘q bo‘lib ketdi, BlackBerry kompaniyasi esa Android operatsion tizimiga o‘tdi.
Microsoft hozircha foydalanuvchilari uchun Windows 10 Mobile platformasidan voz kechmadi. Ammo Windows yoki boshqa istalgan platforma Android yoki iOS’ga raqobat tug‘dira olishi ehtimoldan yiroq.
Mavzuga oid

20:14 / 26.02.2025
Apple «Tramp» so‘zini «irqchi» bilan almashtirgan iPhone xatosini tekshiradi

17:51 / 19.11.2024
Bloomberg: AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome’ni sotishni talab qiladi

23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi

19:02 / 08.10.2024